Shveysariya milliy banki 1000 frankli kupyuraning yangi shaklini taqdim etdi. U Yevropadagi eng qimmat banknot bo‘ladi hamda qiymati bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi (10 minglik Bruney dollari kupyurasidan keyin). Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Kupyura 13-martdan muomalaga kiritiladi. To‘qqizinchi seriyali boshqa yangi banknotlar kabi kupyurada siyohrang polimer toladan foydalanilgan. Kupyura dizaynining asosiy vazifasi – muloqot va til.
Xabarda aytilishicha, YeIning ko‘p mamlakatlari 500 yevroli banknotni chiqarishni to‘xtatgan. 500 yevroli banknot Yevropa hududida muomalada qoladi. U doim hisob-kitob va jamg‘armada ishlatiladi va o‘z qiymatini saqlab qoladi.