Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-mart, shanba kuni professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 nokaut) AQShning Nyu-York shahrida o‘zining ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi o‘tkazadi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
“Maqsadim jiddiy. Buni birinchi jangning o‘zidayoq kamar uchun ringga chiqib ko‘rsatgan edim. Endi uni himoya qilib, o‘z yo‘nalishimning asosiy kamariga ega chiqmoqchiman. Buning uchun yanada jiddiy raqiblar tanlash kerak. Bu, avvalo, katta tajriba orttirishga yordam beradi. Shu bois ham mana shu venesuelalik raqibni tanladik. Uning statistikasiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, 24 g‘alabadan 23 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan. Shuning uchun mazkur raqibda to‘xtaldik. Bo‘lajak bahsda g‘alaba qozonib, uni barcha ayollarimizga, avvalo, onamga bag‘ishlamoqchiman”, – deydi Isroil Madrimov Milliy olimpiya qo‘mitasiga bergan intervyusida.
Ta’kidlash joiz, bahs mahalliy vaqt bilan 9-mart sanasiga belgilangan bo‘lsa-da, Toshkent vaqti bilan 10-mart kuni ertalabga to‘g‘ri keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin