O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad Yulduz Turdiyeva bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida Yulduz Turdiyeva O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan ko‘p bora tanbeh eshitgani haqida gapirib berdi.

Dangasalik qilganimda, Ozod akadan tanbeh eshitganimda ko‘p davralarda yig‘lardim. To‘yma-to‘y yurganimda, xizmatlar bilan band bo‘lganimda ijod qilayapman deb o‘ylagan ekanman, aslida unday emas ekan. Ozodbek Nazarbekov menga ‘juda ham dangasasan, juda-juda dangasasan, o‘z ustingda ishlamaysan, izlanmaysan, kitob o‘qimaysan, nutq yo‘q, nol’ deb tanbeh berardilar. ‘Yo‘q, mening muxlislarim ko‘p, men qayerdadir qo‘shiq aytsam olqishlashadi, unaqa emas Ozod aka, menda ham yurak bor, shuncha davlatlar, Fransiya, Isroil, AQSh kabi 30 dan ortiq davlatlarda konsertlar qo‘yganman, unaqa demang menga’, deb o‘zimni oqlagan bo‘lardim. Ozodbek Nazarbekov ‘Ona men keldim degin’, ‘Topa olmayman’ kabi qo‘shiqlarni tanlashimda va boshqa har bir qo‘shiq kuylaganimda ‘ayt, ‘Oh kimga yomon’ni ham ayt’, deya menga qo‘shiqlaridan ilinar edilar. ‘Yulduz sendagi ovoz bilan ko‘p ish qilsa bo‘ladi, buni bilgan biladi’, deya ko‘p bora aytganlar.

Yulduz Turdiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist