Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Abu-Dabining hukmron sulolasidan bo‘lgan shayx Hamad Bin Hamdan al Naxayyan uning buyurtmasiga asosan yaratilgan “dunyodagi eng katta yo‘ltanlamas”ni namoyish etdi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib, TengriNews xabar bermoqda.

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

“Transformerlar” fantastik filmidagi mashinalarni eslatuvchi avtomobil dubaylik konstruktorlar tomonidan yaratilgan.

11 metrlik yo‘ltanlamas 24 tonnaga yaqin vaznga ega. Mashina Amerikaning harbiy Oshkosh M1075 shatakchisi asosida ishlab chiqarilgan. U 600 ot kuchiga ega 15,2 litrlik Caterpillar dizeli bilan jihozlangan.

Avtomobilning old qismi 40-yillar yuk mashinasi, kabinasi — zamonaviy Jeep Wrangler Unlimited, chiroqlari — Ford Super Duty, orqa bamperi esa Dodge Dart’dan o‘zlashtirilgan. O‘n g‘ildirakli yo‘ltanlamas Dhabiyan nomini olgan. Uning eni 2,5 metr, balandligi — 3,2 metr.

Noyob avtomobilning narxiga aniqlik kiritilmagan.

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Foto: TengriNews

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi