“O‘zbekenergo” joriy yilning 11-fevralidan elektr energiyasi to‘lovlarini kechiktirgan har bir kun uchun maishiy iste’molchilardan 0,1 foiz miqdoridagi penyani undira boshladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi qarorida joriy etilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ko‘zda tutilgan.
“Penya elektr energiyasini hisoblash moslamalaridan 2019-yil 1-yanvardan keyingi ko‘rsatkichlar va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblar olib tashlangandan so‘ng maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorligi summasidan hisoblanadi. Bunda, shuningdek, belgilangan tartibda, hisob-kitob davrining keyingi oyi 11-sanasidan boshlab amalga oshirilgan oldindan to‘lovlar hisobga olinadi. Penyaning umumiy summasi muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas”, — deya ta’kidlaydi kompaniya.
Izoh (0)