Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 25-turida “Sevilya”ga qarshi kechgan bahsda het-trikka erishdi (4:2).

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Argentinalik futbolchi uchrashuvning 26-daqiqasida Ivan Rakitichning uzatmasini golga aylantirib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 68-daqiqada ham Messi yana bir bor hisobni tenglashtirdi (2:2). 86-daqiqada esa uchinchi golini urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Messi umumiy hisobda “Sevilya” darvozasiga 28 ta gol urdi. Bu La Ligada bitta jamoa darvozasiga gol urish bo‘yicha rekord hisoblanadi. Bungacha Krishtianu Ronaldu hamda Messining o‘zi “Sevilya” darvozasiga 25 tadan to‘p kiritib, rekordni bo‘lishib turgandi.

Joriy mavsum Leo Ispaniya chempionatida 25 ta gol urdi va to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Amazon, Meta, Alphabet va Microsoft xodimlarni qisqartirish uchun 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi
Mahalliy
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi (video) 
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi