Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Erkaklardagi og‘ir depressiyani genni faollash usuli bilan bartaraf qilish yo‘li topildi. Bu davo usuli antidepressantlar singari ishlaydi, lekin tabletkalarsiz. Afsuski, faqat erkaklarda.

Lu Sin Yun. Foto: JagWire

Lu Sin Yun. Foto: JagWire

AQShdagi Avgust universiteti olimlari SIRT1 nomli genini to‘g‘ridan to‘g‘ri faollash orqali depressiyani o‘zlariga bo‘ysundirdi. Depressiyani davolashga bunday yondashuv bu holatning klassik klinik simptomlari — ijtimoiy izolyatsiya, qiziqish va intilishning yo‘qligini bartaraf qilishga umid qilmoqda.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar terapiyaning samaradorligini isbotlamoqda. Lekin ayollarda bu gen butunlay boshqacha tarzda ishlaydi. SIRT1 geni neyronlar orasidagi qo‘zg‘atuvchi sinapslarning faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ma’lum bo‘lishicha, erkak sichqonlar miyasining perifrontal zonasidagi neyronlardagi passivlik ularda depressiya simptomlarini chaqirar ekan. Depressiyaning og‘irlik darajasi esa shu zonaning nofaolligi bilan baholanadi.

Jamoa SIRT1 genini faollagandan so‘ng sichqonlar stress keltirib chiqargan depressiyadan forig‘ bo‘ldi. Stress esa yorug‘lik chqinlari va sezilar-sezilmas fizik harakatlar yordamida chaqirildi.

SIRT1 geni manipulyatsiyaning ayollarda ishlamasligi alohida ahamiyatga molik. Olimlar buni miyaning oldingi qismi sturkrutasidagi farqlar bilan bog‘lamoqda.

“Xulosalarga ko‘ra, SIRT1 aktivlaydigan va neyronlarni qo‘zg‘atuvchi sinapslar faolligini normal tarzda ushlab turadigan dori vositasi erkaklardagi og‘ir depressiyani davolashda effektiv davo usuliga aylanishi mumkin”, — deydi tajriba rahbari Lu Sin Yun.

Hozirda jamoa depressiyani davolash uchun ruxsat berilgan dori vositalari orasidan ushbu genga ta’sir qilishi mumkin bo‘lganlarini izlamoqda. Mualliflarning fikriga ko‘ra, insonlar SIRT1 genining ma’lum variant bilan tug‘iladi va depressiv buzilishlarga tug‘ma moyilikka ega bo‘ladi.

Bundan avval kanadalik olimlar tomonidan depressiya va qarilikdagi xotira susayishiga qarshi preparat taqdim qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi