Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina xavfsizlik xizmati 2014-yilda MH17’ni urib tushirgan “Buk” zenit raketa tizimini Rossiyadan Donbassga olib o‘tishda ishtirok etgan Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) ofitseri Oleg Ivannikovga qidiruv e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qarshi “tajovuzkor urush olib borish” va terroristik tashkilot tashkil yoki unda ishtirok etishda gumonlanmoqda.

Aviahalokat 2014-yilning 17-iyul kuni sodir bo‘lgan. Amsterdam—Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan samolyotda 298 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Tergov guruhi samolyotni urib tushirgan “BUK” Rossiya harbiy qismidan keltirilganini ma’lum qilgan. Rossiya TIV esa tergov xizmati Rossiya bergan ma’lumotlarni e’tiborga olmaganini aytgan. Rossiya Mudofaa vazirligi birorta ham “BUK” Ukraina chegarasini kesib o‘tmaganini ta’kidlagan

Hozirda Niderlandlar va Avstraliya MH17 halokatida Rossiyani ayblab, uni javobgarlikka tortishga va’da bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...
Biznes
Kremniy vodiysini zabt etgan o‘zbekistonlik huquqshunos: Asror Arabjonov AQSHga qanday borib qolgani, viza va startaplari haqida