Olimlar Sererada kriovulqon izlarini topdi. Bu uning ostida qalin tuz bilan to‘lgan “abadiy” muz ostida qolgan okean borligini bildiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Tadqiqotchilar NASA’ning Dawn kosmik apparati yordamida olingan Okkator krateri haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan. Kosmik apparat 2015-yil martdan 2018-yil oktabrgacha orbitadan mitti sayyorani o‘rgangan.
Kengligi 57 mil (92 kilometr) bo‘lgan Okkatorda yorqin dog‘lar bor. Dawn guruhi a’zolari buni koinotga tuzli suvning sachraganidan keyin qolgan tuzlar deb taxmin qilmoqda.
Bu suv oldin sayyoraning muz qatlami bo‘lgan. 20 million yil avval esa erigan.
Shuningdek, Sereradan to‘rt kilometr balandlikka ko‘tarilgan noodatiy piramida shaklidagi Axuna tog‘i ham topilgan. Keyinchalik Dawn va uning ilmiy guruhi Axuna qadimiy va allaqachon “so‘nib qolgan” kriovulqon ekanini aniqlagan.
“Kriovulqonlar Koinotdagi hayotning ‘beshigi’ bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz ularning suv manbalari qanday ishlashini o‘rganmoqchimiz. Suv manbalar sayyoraning muz qobig‘i ichida yashiringan bo‘ladi”, — dedi loyiha tadqiqotchilaridan biri.
Olimlar, shuningdek, sublimatsiya to‘rt million yil avval sodir bo‘lganini tasdiqlamoqda.
Izoh (0)