O‘zbekiston TIV anomal sovuq havo sababli Qozog‘istonga safar qilishning ehtimoliy xavfidan ogohlantirdi
O‘zbekiston TIV respublika fuqarolarini anomal sovuq harorat sababli Qozog‘istonga safar qilishning ehtimoliy xavfi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Qozog‘istonning alohida hududlarida yuzaga kelgan anomal sovuq harorat sababli O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini ushbu mamlakatga safarga chiqishda tahdidlarni hisobga olish, transport vositasini aniqlash, shuningdek, avtobus yoki avtomobil transportining boshqa turlarida Rossiyaga tranzit o‘tishdagi xavfni hisobga olish zaruratiga qaratadi”, — deya ta’kidlaydi TIV.
O‘zbekiston elchixonasining Qozog‘istondagi Konsullik bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, kuchli sovuq sababli respublika ahamiyatidagi “Ostona—Petropavlovsk” trassasi avtotransport vositalari uchun yopilgan.