Sankt-Peterburgning Kimyo-farmatsevtika davlat universiteti prorektori Sergey Xozin boshiga o‘quv muassasasi tomidan muz bo‘lagi tushib ketishi oqibatida o‘zbekistonlik talabaning halok bo‘lishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha qo‘lga olindi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Prorektor mas’uliyatsizlikda va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.
Tergovchilar aniqlashicha, OTMning ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektori tomni qordan tozalash ishlarini nazorat qilmagan.
Shuningdek, tergov versiyasiga ko‘ra, u universitet binosi tomini qordan, muzdan va sumalaklardan tozalash ishlari bo‘yicha tanlov o‘tkazmasdan turib, rektor bilan shartnomalarni imzolashga yordam bergani uchun “Ventformat” kompaniyasidan kamida 50 ming rubl pora olgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni Sankt-Peterburgning Kimyo-farmatsevtika davlat universiteti talabasi bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yoshli Boburbek Ochilov tomdan muz bo‘lagi tushishi oqibatida vafot etdi.
Izoh (0)