• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada 124 yoshli onaxon uzoq umr ko‘rish sababini aytdi

    O‘zA Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi 124 yoshli momo bilan suhbat uyushtirib, onaxonning xotiralari va uning uzoq umr ko‘rishi siri haqida maqola e’lon qildi. Quyida maqola to‘lig‘icha berildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga yo‘li tushgan ko‘pchilik 124 yoshli Huvaydo momo ziyoratiga oshiqadi. Boisi, uch asr bilan yuzlashgan tabarruk onaxonning duosini olish qalbga o‘zgacha huzur bag‘ishlaydi. Momoning xotiralari esa tirik tarix desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Asrlar mobaynida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyatlarimizga ko‘ra, xonadonlarimiz fayzi bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz har tong yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka so‘rab duo qiladi. Bu shukronalik ne’mati katta hayotiy hikmatga ega ekani bilan ham qadrlidir.

    Nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Aslida ham hayoti hikmatu donishmandlik bilan yo‘g‘rilgan nuroniylar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda ustoz-murabbiylarimizdir. Ularning pand-u nasihatlari, qimmatli o‘gitlari yo‘llarimizni nurafshon etadi. Ayniqsa, 100 bilan yuzlashgan nuroniylar suhbatida bo‘lish, duosini olish bizga ko‘hna hayot falsafasini anglatadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Buvayda tumanidagi Qoraqum mahallasida istiqomat qilayotgan onaxon bu yil 124 bahori bilan yuzlashish baxtiga musharraf bo‘lmoqda. Huvaydo momo bilan suhbatlashsangiz ko‘z o‘ngingizda xalqimizning birda qayg‘uli, birda shodumon hayoti namoyon bo‘ladi. Oktabr to‘ntarishidan keyingi qirg‘inbarot, kolxozlashtirish, quloq qilish, uzoq va sovuq o‘lkalarga surgun, mash’um qatag‘on, dahshatli urush voqealari ko‘z o‘ngingizdan kino tasmasidek bir-bir o‘taveradi. Onaxonning esa ko‘zlari yoshlanadi.

    “Farg‘ona kanalini qazish boshlangan ilk kundan oxirigacha qatnashganman, — deydi momo. – Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardagi ocharchilik, mashaqqatlar kechagidek esimda. Erkaklar urushga ketgan, barcha yumush ayollar zimmasida. Yil—o‘n ikki oy dalaning mashaqqatli mehnati — ekin-tikinni sug‘orishdan to yig‘ib-terib olishgacha — barchasi ayollar va bolalar yelkasiga tushgan. Ana shu qora mehnatlarimiz evaziga kuniga bir kosa atala bilan bir to‘g‘ram non berishadi. Shunisiga ham shukr qilib, yaxshi kunlar umidi bilan jon hovuchlab yashaganmiz”.

    Onaxon Katta Farg‘ona kanalini qazishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida 9 gektar yerning g‘o‘zasini o‘zi sug‘orib, har kuni 250 kilogrammdan paxta tergan. Buvining qo‘llaridagi qadoq o‘sha davrlardan xotira bo‘lib qolgan.

    Momo hayot maktabi tarbiyasini ko‘p olgan. Shu yoshda ham xotirasi tiniqligi, gapga chechanligi, askiyaga moyilligiga qoyil qolish kerak. Ba’zan kutilmagan savollari bilan suhbatdoshini ham shoshirib qo‘yishi mumkin. Ammo hamisha tilida-yu dilida dorilamon kunlar shukronasi.

    “Bu boshim ne kunlarni ko‘rmadi deysiz, bolam, — davom etadi Huvaydo momo. — Yaratganga shukr, tinch, farovon zamonlarga ham yetdik. Ko‘zim ko‘rmay qolganiga ancha bo‘ldi. Ammo nabira-yu evaralardan ko‘p narsani bilib turaman. Shunday kunlarni orzu qilib, doim yaxshi niyatda bo‘lganman. Yaxshi niyat odamni har qanday qiyinchilik, mashaqqatlardan olib o‘tadi, yaxshi kunlarga yetkazadi”.

    Buvaydaning fayzi bo‘lgan onaxonning umri dalada o‘tgani bois hali-hamon zuvalasi pishiq. Momoning turmush o‘rtog‘i olamdan erta o‘tdi. U 7 farzandni tarbiyalab kamolga yetkazdi. Hayotsevar buvi gohida nevara kelinlari yoniga kirib, tomorqa yumushlariga andarmon bo‘lgisi keladi. Inson umrining saodati, baxt-farog‘ati ana shu jihatlari bilan go‘zal va fayzli emasmi?!

    Huvaydo momo uzoq umr ko‘rishining sababini doimiy harakatda bo‘lish, mehnat qilishda, deb biladi. Farzandlari-yu evara-chevaralariga ham doimo mehnat qilishni uqtiradi.

    Dunyoni qalb ko‘zi bilan ko‘radigan onaxon hayotimizning katta va jo‘shqin oqimidan chetda emas. Oila fayz-u farishtasi hayotga tatbiq etilayotgan ezgu tashabbuslarga munosabat bildiradi, yurt ravnaqi yo‘lidagi yumushlarda barcha ahil-inoq, hamjihat bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi.

    Bu — ulug‘ yoshli momoning hayot hikmati va falsafasini o‘zida mujassam etgan donishmandlik kitobidir!

    07.02.2019, 23:59   Izoh (0)   89883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkaziladi (infografika)

    07.02.2019, 23:25

    Farg‘onada “elita” spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan shoxobcha aniqlandi

    07.02.2019, 23:08

    Namanganda 50 ming dollar evaziga hokim qarorini va’da qilgan shaxs 5 yilga qamaldi

    07.02.2019, 22:42

    O‘zbekistonda duty-free do‘konlarini shaharlarda ham ochish taklif qilinmoqda

    07.02.2019, 21:50

    O‘zbekistondagi Payg‘ambar oroli, Mo‘ynoqdagi kazino, yangi tashkil etilgan Transport vazirligi va kunning boshqa muhim xabarlari

    07.02.2019, 21:11

    Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshiradi

    07.02.2019, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.