• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Somon yo‘lining diski qiyshiq ekanligi aniqlandi

    Xitoy va Avstraliya universitetlarida ishlovchi olimlar bizning galaktikamiz — Somon yo‘lining yangi uch o‘lchovli 3D-xaritasini tuzib, noodatiy xulosaga keldi. Bu xulosalar haqida fizik olim Po‘lat Tojimurodov hikoya qiladi.

    Foto: National Geographic

    Foto: National Geographic

    Mavjud modellarga ko‘ra, spiralsimon galaktikalar ikki qismdan iborat bo‘ladi — galaktikaning markaziy qismi “yanchilgan shar” — ellipsoid shaklida bo‘lib, uning spiral “yenglari” bir tekislikda yassi disk sifatida joylashadi. Shundan kelib chiqib spiralsimon galaktikalarni disk yoki linza shaklida bo‘ladi deyishadi.

    Xitoylik astronomlar NASA’ning WISE missiyasi ma’lumotlarida ancha ko‘p sefeid yulduzlar ma’lumotlari borligiga e’tibor qilgan. Sefeid yulduzlar fizik o‘zgaruvchan yulduzlarning maxsus turi bo‘lib, ular yorqinligining tebranish davriga qarab ulargacha bo‘lgan masofani katta aniqlik bilan hisoblab topish mumkin. Tadqiqotchilar 1339 ta sefeid yulduzgacha bo‘lgan masofa va yo‘nalishlarni aniqlab, ularni uch o‘lchovli grafikda tasvirlagan. Natijada hosil bo‘lgan xaritada spirallar joylashgan sirt yassi bo‘lmay, S harfi (yoki integral belgisi) shaklida egrilangani ko‘rinib turibdi.

    Bunday egrilik avval Somon yo‘lidagi vodorod gazi taqsimotini o‘rganishda ham kuzatilgan. Biroq gaz diskining o‘lchami yulduzlar diskinikidan salkam ikki barobar katta, va yulduzlar taqsimoti gazniki bilan aynan mos kelishi shart emas. Olimlar buni ham tekshirib ko‘rish uchun avvalgi vodorod chizig‘idagi kuzatishlar ma’lumotlarini sefeidlar bo‘yicha olingan xarita bilan solishtirib ko‘rgan. Har ikki ma’lumot galaktika markazidan 15 kiloparsek (463 000 trillion kilometr) masofagacha juda yaxshi mos keladi.

    Kashfiyotning yana bir qiziq joyi — diskning egriligi doimiy emas, u vaqt o‘tishi bilan asta-sekin “burilib” boradi.

    Tadqiqotchilar bunday egrilikning sabablarini hali o‘rganib chiqishmagan, biroq, taxminlarga ko‘ra buning sababi galaktika ichki qismi aylanishining spiral diskka ta’sirida bo‘lishi mumkin.

    Tadqiqot natijalari 4-fevralda Nature Astronomy jurnalida chop etilgan.

    Foto: Nature Astronomy

    Foto: Nature Astronomy

    Qizil va ko‘k nuqtalar infraqizil va optik diapazonda topilgan sefeid yulduzlarni bildiradi. Qora “uchburchak” — Quyosh, qora chiziq esa diskning egrilanmagan joyi (nodal chiziq). O‘ng tomonda xaritaning YZ va XY tekisliklarga proyeksiyasi tasvirlangan.

    06.02.2019, 18:33   Izoh (0)   21565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning Nanking politexnika instituti O‘zbekistonda filialini ochishni rejalashtirmoqda

    03.02.2019, 16:35

    O‘zbek olimlari Yerga asteroid urilishi haqidagi xabarlar uydirma ekanligini ma’lum qildi

    31.01.2019, 17:55

    Moskvada 19-mart kuni Oyga uchishni modellashtirish bo‘yicha tajriba boshlanadi

    31.01.2019, 05:41

    Hindiston vazni taburetkadan ham yengil sun’iy yo‘ldosh uchirdi

    26.01.2019, 17:11

    Hindiston dunyodagi eng yengil Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

    26.01.2019, 08:27

    Yerdagi eng qadimiy mineral Oyda topildi

    26.01.2019, 07:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.