Pensilvaniya shtati Panksutoni shaharchasidan bo‘lgan Amerikaning “xalq meteorologi” bo‘lgan Fil sug‘uri 2-fevral kuni erta bahorni bashorat qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Mahalliy vaqt bilan soat 07:25 shahar klubi a’zolari tomonidan 10 kilogrammli pahmoq “meteorolog” Gobbler-Nob tepaligidagi inidan chiqarilgan. Mahalliy afsonalarga ko‘ra, agar sug‘ur o‘z soyasidan qo‘rqib, iniga yashirinsa, bu bahor yana bir yarim oyga kechikadi degani. Agar havo bulutli bo‘lib, Fil o‘z soyasini ko‘rmasa bahor erta keladi degani.
Ayni damda Panksutonida ob-havo sovuq, tunlari havo harorati minus 13 daraja Selsiyga teng, kunduzlari minus 4 darajaga tushadi, shunga qaramay Sug‘ur kuni an’anaviy tadbiriga 25 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan.
Bahorning kelishini sug‘ur yordamida aniqlash an’anasi Shimoliy Amerikaga germaniyalik muhojirlar bilan kelgan.
Ob-havoning bashoratchisi rolini bo‘rsiq bajargan. Pensilvaniya shtatida bo‘rsiqlar yo‘q va shu sababli ko‘chmanchilar ushbu vazifani sug‘urga yuklagan.
“Xalq meteoroligining” bashoratlari o‘rtacha 40 foiz hollarda amalga oshadi.
Izoh (0)