Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qadimgi Misr fir’avni Tutanxamon qabrida 10 yil davomida ta’mir ishlarini olib borgan mutaxassislar tomonidan XX asrning boshlarida daxma devorlaridagi aniqlangan izlar o‘lik bakteriyalar ekanligi aniqlandi, deya xabar beradi Daily Mail.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Ta’mirlash ishlarini yillar davomida Getti konservatsiya instituti hamda Misr qadimiy ishlar bo‘yicha vazirligi mutaxassislari amalga oshirgan. Biroq, ular ilgari o‘sayotgan mikroorganizmlar koloniyalari deb hisoblangan devorlardagi izlarni qoldirishga qaror qilgan.

20-asrning 20-yillarida olingan tarixiy fotosuratlar bilan taqqoslaganda, dog‘lar hajmi o‘zgarmagan, kimyoviy tahlillar esa ularning o‘lik bakteriyalar ekanligini va mumiya uchun xavfsizligini anglatgan.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Tutanxamon fir’avni miloddan avvalgi 1332—1323-yillarda qadimgi Misrda hukmronlik qilgan.

U 10 yoshida taxtga chiqqan 19 yoshida vafot etgan. Tutanxamon qabri 1922-yilda topilgan. Bu yerda fir’avnning mo‘miyolangan jasadi bilan lahadlar, shuningdek, ko‘p sonli naqshlar topilgan. Uzoq vaqt davomida uning qabri “la’natlanganligiga” ishonilgan, sababi o‘sha vaqtning matbuotida mozorni ochgan tadqiqotchilar sirli holatlarda vafot etganligi haqida mish-mish tarqalgan.

Biroq keyin bu “faktlar” jurnalistlar tomonidan “shov-shuv” uyg‘otish maqsadida amalga oshirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)