Toshkentda 27-yanvardan 1-fevralga qadar O‘zbekiston—Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki davlat hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Uchrashuv chog‘ida davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi hamda 2019-yil uchun dala demarkatsiya ishlari hajmi rejalashtirilgan.
“Muzokaralar ikki davlat uchun ham an’anaviy bo‘lgan do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Yig‘ilish so‘ngida tegishli bayonnoma imzolangan.