Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Kasbino” do‘koni oldida “Mehrli sovutgich” o‘rnatildi, deb xabar berdi Sputnik.
Bir necha kun ichida ushbu loyiha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketgan.
Sovutgich turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan. Ehtiyojmand insonlar sovutgichdagi mahsulotlardan bepul foydalanishlari, imkoniyati borlar esa uni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishlari mumkin.
Hozirda sovutgichda sut, meva va sabzavot kabi mahsulotlarni topish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Mehrli qo‘llar” loyihasi 2017-yilda “Saxovat” nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ish boshlagan edi. Keyinchalik, 2018-yil 30-avgustda Adliya vazirligi tomonidan Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazining “Mehrli qo‘llar” loyihasi sifatida tasdiqlangan. Ushbu loyiha bemorlar, kam ta’minlangan insonlarga yordam berib kelmoqda.
Izoh (0)