Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

GM Uzbekistan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirdi. Bu haqda  kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: GM Uzbekistan

Foto: GM Uzbekistan

2019-yil 1-fevralidan ushbu muddat 3 yil yoki 100 000 kilometrga teng bo‘ladi. Oldinlari bu xizmat bir yil yoki 20 000 kilometrni tashkil etgan.

Uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019-yilning 1-fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tegishli. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog‘liq emas — ushbu vaqt mobaynida avtomobil egasi o‘zgarsa, uning yangi egasi ham kafolatdan foydalana oladi.

Avtomobildan noto‘g‘ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikatsiyasiga o‘zgartirish kiritish, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo‘shimchalar yoki jihozlanish tufayli nosozliklar kafolat cheklanishiga olib keladi.

Kafolat davri davomida ishlab chiqaruvchining aybi bilan avtomobilda kuzatilgan nuqson va nosozliklar bepul bartaraf etiladi. Buning uchun avtomobil egalari tomonidan mashinadan foydalanish va texnik qarovning barcha qoidalariga rioya etilgan bo‘lishi lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)