Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

30-yanvarning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Dastlab Shavkat Mirziyoyev Forish tumanida atom elektr stansiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko‘zdan kechirdi.

So‘ng Prezident Forish tumanidagi bazalt toshini qayta ishlaydigan qo‘shma korxona bilan tanishdi.

Shuningdek, Mirzacho‘l tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Undan keyin Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Mirzacho‘l tumanidagi bolalar bog‘chasini va markaziy poliklinikani borib ko‘rdi.

***

30-yanvar kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni mamlakatda keng nishonlandi.

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. So‘ng  Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.

Samarqandda Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazildi, Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyat hokimligi yonida qad rostlagan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Shu kuni O‘zbekistonda “Islom Karimov. Boshqa hech qachon” qisqa metrajli hujjatli filmi taqdim etildi.

***

1-fevral kuni O‘zbekistondagi ilk yopiq tog‘-chang‘i majmuasi ochiladi.

Ice City — bir yil ichida qurib bitkazilgan o‘ziga xos park. Majmua o‘zining turli xil attraktsionlari va eng asosiysi tabiiy qori bilan ham juda noyob hisoblanadi. Bu yerda qish taftini hattoki yoz faslida ham his etish mumkin. Eng ajablanarlisi, majmuada havo harorati +18 darajani tashkil etadi.

***

Gulnora Karimovaning qizi Karimovlar oilasida tug‘ilish mas’uliyati va xolasi bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.

Imon Karimova folloverlarining biri Karimovlar oilasida tug‘ilishning minus va plyuslari qandayligi so‘ralgan. Unga javoban qiz, buni tanlash imkoni yo‘qligini, barisi tashqaridan ko‘ringanchalik emasligini ma‘lum qilgan.

***

“Undan eshitgan so‘zlarni hattoki eng qo‘pol erkaklardan ham eshitmaganman”. 38 yoshli firibgar ayoldan jabrlanganlar ko‘rsatma berdi.

Shahnoza Boyqunusovaning jinoiy harakatlaridan jabrlanganlar va uning internet tarmog‘idagi xabarlaridan g‘azablanganlar Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markaziga intervyu berishga rozi bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi