Qo‘shma shtatlarning aholisini yo‘q qilishga o‘nta qit’alararo RS-28 “Sarmat” ballistik raketasi yetarli bo‘ladi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Harbiy ekspert Aleksey Leonkov OAVning milliy qurollarning imkoniyatiga shubha ostida bergan savollariga aynan shunday javob bergan. Ayni damda G‘arbning e’tibori “Poseydon”ga qaratilgan, biroq yadro to‘qnashuvi yuz bergan taqdirda Rossiya tomoni “Sarmat” raketalari bilan kifoyalanadi.

“Bizning birgina “Sarmat” raketamiz 6,75 dan 7,5 yadro megatonnasigacha bosish qobiliyatiga ega. Bu esa AQShning aholi zich joylashgan hududlarida 33,75 dan 37,5 million nafargacha bo‘lgan aholini yo‘q qilishi mumkin”, — deydi Leonkov.