Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 23-yanvar kuni Yashnobod tumanida Toshkent halqa yo‘lining “Vodiy” kafesi yaqinida taxminan 13:00 da “KamAZ” yuk mashinasi va “Jiguli” yengil mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

“KamAZ” haydovchisi 28 yoshli Yu. Salohiddin undan oldinda harakatlanayotgan avtomobillarni quvib o‘tishga urinib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan “Jiguli”ga to‘qnashib ketgan. Oqibatda shakar qoplari ortilgan “KamAZ” ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan: YTH yuz bergan vaqtda “Jiguli” avtomobilida hech kim bo‘lmagan, “KamAZ” haydovchisi ham sog‘-salomat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr