Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21—22-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-tur bahslari doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@juventusfcen

Foto: Twitter/@juventusfcen

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Milan” jamoasi safarda “Jenoa” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Barcha gollar uchrashuvning 2-bo‘limida urildi. 72-daqiqada Fabio Borini Andrea Konti uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 83-daqiqaga kelib milanliklar hujumchisi Suso jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Milan” klubi “Jenoa” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Kyevo”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 13-daqiqasida Duglas Kosta uzoq masofadan kuchli zarb bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi (1:0). 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Emre Jan—Duglas Kosta—Paulo Dibala kombinatsiyasi yarim himoyachi Janning goli bilan yakunlandi (2:0). Tomonlar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 84-daqiqasida Daniele Rugani “Kyevo” darvozasiga to‘p kiritib, g‘alabani mustahkamladi (3:0).

Shu tariqa “Yuventus” klubi “Kyevo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

A Seriya 20-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

20-tur bahslari

21-yanvar, dushanba

“Jenoa”—“Milan” 0:2

Gollar: 0:1 – 72 Borini, 0:2 – 83 Suso.

22-yanvar, seshanba

“Juventus”—“Kyevo” 3:0

Gollar: 1:0 — 13 Duglas Kosta, 2:0 — 45 Emre Jan, 3:0 — 84 Rugani.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi