UFC prezidenti Deyna Uayt MMA jangchisi Konor Makgregorning kelgusi rejalari haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda MMAFighting xabar berdi.
Irlandiyalik jangchi tashkilot rahbariyatiga bildirishicha, u yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan Rossiya hududida jang qilishga rozi.
“Konor eng yaxshi bokschilar bilan jang qilishga tayyor, ammo hozirda birorta jang bo‘lishi ma’lum emas. Keyin u Habib Nurmagomedov bilan revansh jangi o‘tkazish uchun oktagonga ko‘tarilishini aytdi. 2 yil ichida hali bunaqasi bo‘lmagan. Konor Donald Serrone bilan jang qilishini aytdi. Uni bilaman, u hech qachon bo‘lar-bo‘lmas gap gapirmaydi. U menga Habib bilan Rossiyada jang qilishga tayyorligini aytdi. U shunday inson”, — deydi Uayt.
Bungacha Makgregor amerikalik Donald Serrone bilan jang qilishga rozilik bergandi. Bruklinda bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 143 musobaqasida Serrone raqibi Aleksandr Ernandesni 2-raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Jangdan so‘ng esa Donald irlandiyalik bilan jang qilish istagini bildirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)