Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1990-yillar mashhur bo‘lga, 2000-yillar o‘rtalariga kelib, sahnadan yo‘qolgan rossiyalik qo‘shiqchi Andrey Gubin “Birinchi kanal” efirida uning omma oldiga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan og‘ir kasalligi haqida gapirib berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Ertalabdan kechgacha kasal bo‘lib yotaman, shuning uchun ko‘p ham ommaga ko‘rinmayman”, — deya aniqlik kiritdi u.

Gubinning tan olishicha, shifokorlar allaqachon unga qo‘l siltagan. “Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha men allaqachon o‘lib ketgan bo‘lishim kerak edi, ammo Andryusha (o‘zini nazarda tutmoqda) osongina taslim bo‘lmaydi”, — dedi u.

Gubinning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda u hech qayerda ishlamaydi, avval ishlab topgan pullari hisobiga yashamoqda. Uning hisob-kitobicha, ishlab topgan pullari o‘n yilga yetishi kerak. Shuningdek, qo‘shiqchi studiyaga qaytishga va musiqa yozishga umid qilayotganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda