Rossiyalik qo‘shiqchi Kris Kelmining oilasi uni inkognito (yashirincha, bildirmay) dafn qilishga qaror qilgan, shu sababli hatto vidolashuv marosimi ham bo‘lmaydi. Bu haqda “Laskoviy May” guruhi yakkaxoni Andrey Razin ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”.
San’atkorning qo‘shimcha qilishicha, “so‘nggi ehtiromni ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlash” uchun o‘z hamkasbi uchun dafn marosimini uyushtirishni istardi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik qo‘shiqchi Kris Kelmi 63 yoshida vafot etdi.
Izoh (0)