Filippinlik taniqli bokschi Menni Pakyao yarim o‘rta vaznda WBA Regular chempionlik kamarini himoya qildi. U Edriyen Bronerga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
Jang Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi.
Hakamlar bir ovozdan 117-111, 116-112, 116-112 hisobida filippinlik bokschi foydasiga qaror chiqardi.
Bu Pakyao uchun 61-g‘alaba hisoblanadi. Uning hisobida 7 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang natija mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)