Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-yanvar kuni soat 19:00 da International Hotel Tashkent mehmonxonasida Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi nashri taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Karimov fondi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

O‘zbek milliy romanchiligi maktabining ilk namunasi sanalgan asar Karimov fondi tomonidan tarjima qilindi hamda Fransiyadagi nomdor Nouveau Monde Editions nashriyotida chop etildi.

Roman tarjimasi taqdimoti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligiga hamda fondning noshirlik yo‘nalishidagi o‘n birinchi loyihasi yakuniga bag‘ishlanadi.

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Asar tarjimasi 30 dan ziyod badiiy asarlarni tarjima qilgan britaniyalik adabiyotshunos Kerol Yermakova tomonidan amalga oshirildi. Tarjima tahririni Juli Uikenden bajardi. Ushbu nashr badiiy bezak suratlari taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov tomonidan ishlandi.

Abdulla Qodiriyning ijodiy merosi haqida, afsuski, horijiy kitobxonlar yetarlicha xabar topmagan. Shu nuqtai nazardan, Karimov fondi “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilib chop etishga ahd qildi hamda o‘zbekistonlik yoshlarga mos ravishda asarning sovg‘abop nashrini lotin alifbosida ham nashr etdi.

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

“Tarixiy davr, turfa qahramonlar taqdiri, xarakteri va hayot tarzini yuksak ijodiy mahorat bilan, batafsil tasvirlagan muallif o‘z asariga umrboqiylik bag‘ishladi, kelgusi avlodlarga ham ota-bobolari kechmishi bilan yaqindan tanishish imkonini tuhfa etdi”, – deya ta’kidlaydi Karimov fondi rahbari Lola Karimova-Tillayeva asarning ingliz tilidagi nashriga bag‘ishlangan murojaatida.

Karimov fondi noshirlik yo‘nalishidagi faoliyati doirasida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini keng yoyishni maqsad qilgan. Bu borada Fond madaniy-ma’rifiy va ilmiy manbalar, shu jumladan, milliy madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim sohalaridagi zamonaviy yutuqlarga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga ko‘maklashadi. O‘zbek adabiyotini jahonga tanitish maqsadida milliy adabiyotimizning peshqadam vakillari asarlarini tarjima qilish va chop etish ham fondning noshirlik borasidagi vazifalari sirasiga kiradi. Mazkur yo‘nalishda ham milliy adabiyotimizning mumtoz namoyandalari, ham zamonaviy adiblar ijodiga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, fond yosh ijodkorlarga ko‘mak ko‘rsatadi hamda ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Foto: Karimov fondi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi