Yaqinda tashkil etilgan Tojikiston-Belarus qo‘shma korxonasi “Avtotexservis” YoAJ dekabr oyi oxirida ilk bor O‘zbekiston Respublikasiga 8 ta traktorni import qildi, deb yozadi Asia-Plus.
Import qilingan traktorlar orasida to‘rtta “Belarus-82.1” va to‘rtta “Belarus-80X” markasidagi uch g‘ildirakli traktor bor.
Korxona 2019-yilda ushbu markadagi traktorlarni O‘zbekistonga, shuningdek, “Belarus-512” markali traktorlarni Afg‘oniston va Pokistonga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Hozirda korxonaning ishlab chiqarish kompleksi kichik yig‘uv sexi (1,1 ming kvadrat metr), tayyor mahsulotlar ombori, qishloq xo‘jalik texnikasini namoyish etish uchun ochiq ko‘rgazma maydonchasi va o‘quv-ma’muriy korpusni o‘z ichiga oladi.
Korxonada 60 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan, uning quvvati esa yiliga 1 700 dona texnikagacha oshgan. 2018-yil boshidan buyon korxonada 106 turdagi qishloq xo‘jalik texnikasi yig‘ilgan.
Izoh (0)