Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonlik ikki ayolga bir necha asrlar davomida ayollar kirishi man etilgan Sabirimal shahridagi Ayyappan qadimiy ibodatxonasiga kirishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Hindistonning NDTV telekanali.

Foto: NDTV

Foto: NDTV

Ma’lum qilinishicha, hindistonlik ayollarga ibodatxonalarga kirish taqiqlanmagan, biroq Ayyappan ibodatxonasi bundan mustasno. 2018-yilning sentabrida Hindiston Oliy sudi ibodatxonaga ayollar kirishi taqiqlanishini konstitutsiyaga zid deb baholagan.

Telekanal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2-yanvar erta tongdan 40 yoshdan oshgan ikki ayol ibodatxonaga politsiya bilan birga tashrif buyurgan. Ayollar tashrifidan so‘ng ibodatxona “poklanish” uchun yopilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi