UFC prezidenti Deyna Uayt Habib Nurmagomedov bilan Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi 2019-yilda bo‘lib o‘tishiga ishonmoqda. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Foto: Esquire

“Hamma bu jangni ko‘rishni istaydi. Avvaliga komissiyaning xulosasi (dastlabki jangdan so‘ng biror-bir sabab) kerak. Shundan keyin aniqlik kiritiladi (yengil vaznda). Maks Xolloueyga qarshi ringga chiqadimi? Toni Fergyuson bilan nima bo‘ldi? Albatta, Habib va ​​Konor jang qilishi kerak. Bundan tashqari, biz ularni uzoq muddatga chetlatishni ham ko‘rib chiqamiz. Ammo hammasi rejaga muvofiq bo‘lsa, bu jang 2019-yilda bo‘lib o‘tadi”, — dedi Uayt.

2018-yilning oktabr oyi boshida kechgan jangda Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni to‘rtinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratgandi. Jangdan keyin janjal boshlangandi va endi sportchilar maxsus komissiyaning qarorini kutmoqda. Habibning jamoasi 9 oygacha chetlatilishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!