UFC prezidenti Deyna Uayt Habib Nurmagomedov bilan Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi 2019-yilda bo‘lib o‘tishiga ishonmoqda. Bu haqda TMZ xabar berdi.
“Hamma bu jangni ko‘rishni istaydi. Avvaliga komissiyaning xulosasi (dastlabki jangdan so‘ng biror-bir sabab) kerak. Shundan keyin aniqlik kiritiladi (yengil vaznda). Maks Xolloueyga qarshi ringga chiqadimi? Toni Fergyuson bilan nima bo‘ldi? Albatta, Habib va Konor jang qilishi kerak. Bundan tashqari, biz ularni uzoq muddatga chetlatishni ham ko‘rib chiqamiz. Ammo hammasi rejaga muvofiq bo‘lsa, bu jang 2019-yilda bo‘lib o‘tadi”, — dedi Uayt.
2018-yilning oktabr oyi boshida kechgan jangda Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni to‘rtinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratgandi. Jangdan keyin janjal boshlangandi va endi sportchilar maxsus komissiyaning qarorini kutmoqda. Habibning jamoasi 9 oygacha chetlatilishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)