Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning so‘nggi kunida O‘zbekiston Moliya vazirligi qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan mahsulotlar nomini e’lon qildi. Ular qoramol, qo‘y, parranda go‘shti, baliq, kartoshka, piyoz, non tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlaridir, deb yozadi O‘zA.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Shunday bo‘lsa-da, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mahsulotlar 20 foizli qo‘shimcha qiymat bilan sotilayotgani haqidagi cheklar havol etilib, muhokamlar bo‘lmoqda.
Moliya vaziri J. Qo‘chqorov mazkur masalaga va vodiy viloyatlarida gaz zapravkalarida narxning oshganiga izoh berdi.
– Xalqaro tajribani o‘rganganimizda Yevropa va MDHda bu tizim ishlaydi, – deydi J.Qo‘chqorov.– Qo‘shimcha qiymat solig‘i aslida uzilmaydigan zanjir bo‘lishi kerak. Misol uchun, urug‘ qadash yoki uni xarid qilishdan boshlab, u xaridorga yetkkazib berilishigacha davom etadi.
Xodimlarimiz cheklar olib kelishdi. Ularga yaxshilab qaralsa, dekabr sanasi qayd etilganii ko‘rish mumkin. Vaholanki, yangi tartib joriy yilning 1-yanvaridan joriy etiladi. Kechagi kunda ko‘pgina savdo tarmoqlari dam olishda bo‘lganini hisobga olsak, bugundan bu tizim ishlaydi. Yurtdoshlarimizni bu masalada asabiylashmaslikka chaqiramiz.
Vodiy viloyatlarida gaz narxining oshganiga keladigan bo‘lsak, u yurtimizda 1-noyabrdan 11 so‘mga oshib, 1900 so‘m deb belgilangan edi. Biroq, ayni kunlarda uning bahosi 2200 so‘m ekani haqida xabarlar kelmoqda. Vaholanki, ularga solingan soliq atigi 55 so‘mga oshgan. Bu tadbirkorlarga mahsulot bahosini 300 so‘mga oshirishga yo‘l ochishi kerak emas. Hammamiz bitta mamlakat, yurt farzandimiz. Qayerda soliq hisobiga narx-navo oshgan bo‘lsa, aytinglar. Biz uning oldini olamiz. Axir, har sohada ochiqlik, shaffoflik ta’minlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mahalla aholisi bilan muloqot qildi