Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Ushbu EIZ O‘zbekiston Prezidentining 20-avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan edi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Hukumat qarori bilan boshqaruv xodimlari soni besh nafardan iborat bo‘lgan “Namangan” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar ham tasdiqlangan.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan direksiyaga 2019—2020-yillar davrida saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘lar hamda direksiyaning ustav fondini shakllantirish uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?