SplashData kompaniyasi tahlilchilari 2018-yilda foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan eng yomon parollar ro‘yxatini ma’lum qildi. Tadqiqot natijalari kompaniya saytida e’lon qilingan.

Foto: Global Look Press

Ro‘yxat tarmoqqa chiqib ketgan besh millionta parolning tahlili asosida tuzilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yillar o‘tgani bilan foydalanuvchilarning odatlari o‘zgarmagan. Eng oddiy parol yana “123456” bo‘lib chiqqan.

Eng yomon parollar beshtaligiga to‘rtta oddiy sonlar to‘plami kirgan. Uchinchi o‘rinni “123456789”, to‘rtinchi o‘rinni “12345678”, beshinchi o‘rinni esa “12345” egallagan. Yana bir keng tarqalgan parollardan biri inglizcha password (parol) so‘zi bo‘lgan.