2019-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi joriy yil bilan taqqoslaganda ikki barobar oshib, 4,1 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda 12-dekabr kuni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“2018-yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,4 milliard dollar darajasida”, — dedi Investitsiyalar davlat qo‘mitasining xorijiy hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Sim.
Uning baho berishicha, 2019-yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi yuqori darajadagi tashriflar, shuningdek, mamlakatda va xorijda xalqaro biznes-forumlar o‘tkazish davomida imzolangan loyihalar hisobiga 4,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)