Rossiyaning Transport sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati mansabdorining rafiqasi 66 ta mashina sotib olgan. Buning uchun pullarni qayerdan olgani noma’lum. O‘z o‘rnida bu holat mansabdorning o‘z ishidan ajralishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Xabar berilishicha, mashinalar xaridi haqida prokurorlik tekshiruvi vaqtida ma’lum bo‘lgan. Bunda oilaning daromadlari bunday xaridlarga yetmasligi ham ayon bo‘lgan.
Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, ishonchni yo‘qotish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatish faqat o‘ta qo‘pol korrupsion qoidabuzarliklar uchun amalga oshirilishi mumkin.