Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Pulkovo aeroportida Aerosleep nomli 13 ta xonadan iborat kapsulali mehmonxona ochildi. Mehmonxona tranzit reyslarini kutib, aeroportda ko‘p vaqt qolib ketadigan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. TJournal mehmonxona suratlarini taqdim etdi.
Har bir kapsulaga karavot o‘rnatilgan bo‘lib, unga ikki nafar katta kishi va yosh bola joylashadi. Shuningdek, kapsulada rozetkalar, konditsioner, budilnik, seyf va ko‘ngilochar tizim mavjud. Dam olishning bir soati 190 rubldan boshlanadi, biroq kapsula oldindan band qilinsa, narx arzonroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)