Amerikalik Aaron Foteringem umurtqa pog‘onasi kasalligi bilan tug‘ilgan. Hatto 23 ta operatsiya ham unga yurish qobiliyatini qaytara olmagan. Yigit 18 yoshida nogironlik aravachasida tramplinda ikki marta orqaga saltoni amalga oshirib, Ginnes rekordlari kitobiga kirgan dunyodagi birinchi nogiron sportchi bo‘lgan, deb yozmoqda AdMe.
Aaron 1991-yilda Las-Vegasda tug‘ilgan. Haqiqiy ota-onasi undan voz kechgach, uni boshqa oila asrab olgan. U 3 yoshida aravachada yura boshlagan, 8 yoshida esa to‘liq nogironlik aravachasiga o‘tgan.
Bola o‘z akasining velosipedda ekstremal sport turi bilan shug‘ullanishini tomosha qilgan. Undan ruhlanib, Aaron ham o‘z aravasida turli tryuklar amalga oshira boshlagan, mashaqqatli mehnatlardan so‘ng muvaffaqiyatga erishgan.
2012-yilda Aaron ikki tramplin orasida 15 metrli parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Izoh (0)