Rossiyaning “Soyuz MS-11” kosmik kemasi uch kishidan iborat ekipaj bilan Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga start oldi. Kosmik kema parvozi “Roskosmos” saytida namoyish etildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Ekspeditsiyaning XKSga uchirilishi 11-oktabr kuni yuz bergan avariyadan so‘ng birinchisi bo‘ldi.
“Soyuz-FG” raketasi birinchi bosqichning barcha bloklaridan muvaffaqiyatli ajralgan. O‘tgan safar avariya aynan shu bosqichda yuz bergan edi.
“Soyuz-FG” tashuvchi raketasi “Soyuz” bilan kosmodromning birinchi uchish maydonchasidan uchirilgan. Ekipaj tarkibiga “Roskosmos” kosmonavti, kema komandiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada kosmik agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak kirdi. Kosmik kemaning kosmik stansiya bilan tutashuvi 3-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 20:36 (Toshkent vaqti bilan 22:36)da yuz berishi kerak.