96 yoshli tayvanlik otaxon Xuan Yun-Fu o‘z san’ati bilan ona qishlog‘ini buzilishdan saqlab qoldi, deb yozadi Big Picture.
Taychjun yaqinida qishloqda qachonlardir 1200 dan ortiq uy bo‘lgan, ularni hukumat harbiy xizmatchilarga vaqtinchalik taqdim etgan.
Yillar o‘tishi bilan istiqomat qiluvchilarning ko‘pchiligi bu yerdan ko‘chib ketgan, yakka tartibda imorat soluvchilar yerlardan sotib ola boshlagan.
Oxir-oqibat qishloqda atigi 11 ta uy qoldi, ammo ularning egalari ko‘chib ketishdan bosh tortdi, ular orasida Xuan Yun-Fu ham bor edi.
Sobiq harbiy xizmatchi nafaqaga chiqqach, zerikkanidan tasviriy san’at bilan shug‘ullanishni boshlagan va uning ijodi tez orada nafaqat o‘z uyi, balki butun qishloqni ham qamrab ola boshlagan.
Qishloq butunlay o‘zgacha qiyofa kasb etib, Taychjunning asosiy sayyohlik nuqtalaridan biriga aylandi, hukumat esa qishloqni buzib tashlash qarorini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keli.
Otaxon chizish uchun har kuni tonggi 3 da uyg‘onadi. Eng qizig‘i — Yun-Fu hech qachon professional rassom bo‘lmagan.
Izoh (0)