Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida Qashqadaryoda tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 26,7 million dollarga yoki 18,1 foizga o‘sgan, deyiladi Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bu kabi ijobiy natijalarga erishishda viloyatda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod eksportyor korxonalar o‘z hissalarini qo‘shdi.
Xususan, Shahrisabz shahrida joylashgan “Oq-saroy tekstil” MChJ bugungi kunda vohada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan korxonalardan sanaladi. Ayni paytda korxonada trikotaj hamda ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi chet davlatlarga eksportga yo‘naltirilmoqda. Aniq raqamlarga ko‘ra, korxona tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyida 4,6 million dollar qiymatidagi mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Ukraina va Belarusga eksport qilingan.
Bundan tashqari, bojxona posti xodimlari tomonidan ham yaqindan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida eksport-import tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan 132 ta bojxona yuk deklaratsiyalari yuz foiz elektron tarzda, masofadan turib rasmiylashtirib berildi. Bu esa, korxona vakillarini vaqtini, qolaversa mablag‘ini tejaydi.
Izoh (0)