Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IIV JQBB Narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari Toshkent viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida yirik narkosavdogar qo‘lga olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Foto: “O‘zbekiston 24”

Zangiota tumanining “O‘zgarish” mahallasi, Navro‘z ko‘chasidagi uylardan birida o‘tkazilgan tintuv davomida gugurt qutisi va shisha idishlarda 5 kilogramm 820 gramm marixuana va 735 gramm ko‘knori boshchasi topildi.

Mazkur uy egasi ularni o‘z issiqxonasida yetishtirgan. Biroq bu hali topilmalarning boshlanishi edi. Yerto‘lani ko‘zdan kechirish davomida quritilgan va o‘ram holatidagi 11 kilogramm 75,5 gramm marixuana, 6 ta qopda 13 kilogramm 948 gramm ko‘knori poyasi va 5 kilogramm urug‘i aniqlandi.

Giyohvandlik mahsulotlari hatto yotoqxonadan ham topildi. Bu yerda tezkor xodimlar 1 kilogramm 346 gramm marixuana va 1 kilogramm 231 gramm ko‘knorga duch keldi.

Narkosavdogardan jami 34 kilogrammdan oshiq narkotik moddalar topildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi