O‘zbekiston o‘smirlar termasi La Liganing “Eybar” klubi yoshlarini 5:0 hisobida tor-mor etdi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La Ligasining hamkorligi doirasida Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U15 jamoasi Toshkentda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Sardor Hojiboyev dublga erishgan bo‘lsa, Nodir Abdurazzoqov hamda Shaxzod Akramov, Jasur Ahmedovlar 1 tadan gol urishga erishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
14-oktabr, yakshanba
O‘zbekiston U14 – “Eybar” U15 5:0
Gollar: Sardor Hojiboyev (dubl), Nodir Abdurazzoqov, Shaxzod Akramov, Jasur AhmedovIzoh
Kirish
Asosiy yangiliklar