Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2017-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini keng ko‘lamli islohotlar va jadal rivojlantirish bo‘yicha chet el investitsiyalarini ishlab chiqarish hamda yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish maqsadlari uchun jalb qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Shu yilning yozida “Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sanoat kompleksini tashkil qilish bo‘yicha” investitsion loyihalardan biri muvafaqiyat bilan yakunlangan. Ushbu loyiha AMILOV qandolat fabrikasi.

Fabrikaning umumiy maydoni 20 gektar bo‘lib, ishlab chiqarish uchun ajratilgan maydon 35 000 m2 tashkil qiladi. Texnologik liniyalar montaji hamda mahsulotlarning laborator sinovlarini Mossa Engineering (Rossiya) kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Fabrika jahon talab standartlari va normalaridan kelib chiqib loyihalashtirilgan. Qandolat fabrikasining qurilishi bilan ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan Discover Invest kompaniyasi shug‘ullandi.

Bugungi kunga kelib, fabrika keng assortimentli mahsulotlarni taklif qilmoqda: pechenye, vafli, marmelad, marshmellou, karamel va konfetlarning boshqa turlari, shuningdek shokolad mahsulotlari, sutli hamda qora shokolad, turli nachinkali plitkalar.

Hozirda fabrikada un hamda shakarli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek marmelad, karamellarning turli hillari uchun mo‘ljallangan zamonaviy avtomatlashtirilgan liniyalar ishlab turibdi. Texnologik liniyalar faoliyati 2018-yilining yozida boshlagan.

Fabrika zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lib, uskunalar Yevropaning yetakchi kompaniyalari tomonidan yetkazib berilgan. Xususan:

• Hebenstreit (Germaniya) – turli vaflilar ishlab chiqarish uchun;

• TFT (Germaniya) – aerilashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun;

• Winkler und Dunnebier Suesswarenmaschinen GmbH (Germaniya) - shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun;

• Sollich (Germaniya) – qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun;

• Chocotech (Germaniya) – “FROZENSHELL” shokoladli konfetlar ishlab chiqarish uchun;

• Hansel Proccesing (Germaniya) – nachinkali va nachinkasiz karamellarni ishlab chiqarish uchun;

• Aasted (Daniya) – texnologik qiyin bo‘lgan konfetlarni ishlab chiqarish uchun;

• Buhler (Shveysariya) – Shveysariya texnologiyasi bo‘yicha shokoladli massalar tayyorlash uchun;

• HAAS (Avstriya) – vafelli krekerlar ishlab chiqarish uchun;

• Polin (Italiya) – pechenye ishlab chiqarish uchun.

Qandolat fabrikasi o‘z mahsulotlarini yorliqlarga solish uchun yevropaning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomatlashtirilgan liniyalaridan foydalanadi. Ular – Cavanna (Italiya), Theegartenpactec (Germaniya), Bosch (Gollandiya), Loesch Pack (Germaniya). Mazkur uchkunalarning asosiy yutug‘i shundaki, ular yorliqlash tizimini oldindan loyihalashtiradi, turli formadagi mahsulotlarni Yevropa talab standartlari asosida yorliqlab bera oladi.

Fabrika foydalanadigan barcha uskunalar ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi. Loyihaning muvaffaqiyatli tashkil etilgani esa, yosh hamda shijoatli mutahassislarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashga imkon yaratdi. Bugungi kunga kelib 650 dan ortiq mutahassislarni ish bilan ta’minlandi.

Fabrika rahbariyati ishonch bildirishicha, mazkur ishlab chiqarish quvvati O‘zbekiston iqtisodiyotiing rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib, byudjetga tushumlarini oshirib, O‘zbekiston bozorini sifatli va keng ko‘lamli qandolat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov