O‘zbekiston bosh prokuraturasi Buyuk Britaniyaning tegishli organlari bilan Gulnora Karimovaga tegishli aktivlarni qaytarish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda idora matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaga tayangan holda Sputnik xabar bermoqda.
Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda Britaniya huquq-tartibot strukturalari bilan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha kuchga kirgan sud hukmi doirasida aktivlarni qaytarish borasida muzokaralar olib borilmoqda”, — ma’lum qildi Rahmonova.
Oldinroq Britaniya hukumati Karimovaning aktivlarini xatlamoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)