Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shveysariya kompaniyasi hisoblangan Myuller Martini kompaniyasi Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, MDHga a’zo boshqa davlatlarda ham faoliyat olib bormoqda. Kompaniya kitob mahsulotlarini yig‘ish, tikish va muqovalash ishlarini bajaruvchi avtomatlashtirilgan texnik uskunalarni ishlab chiqarish, o‘rnatish va ishga tushirish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Foto: Matbuot va axborot agentligi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev 2018-yil 3-oktabr kuni Myuller Martini MChJ menejeri G.Samoylov bilan O‘zbekistonda kitob va kitob mahsulotlarini chop etishda zamonaviy texnik uskunalardan foydalanish, ularni o‘rnatish hamda mutaxassislarni o‘qitish masalalarida muzokara olib bordi.

— O‘zbekistonlik matbaachilar Myuller Martini’ni yaxshi biladi. Chunki aynan ushbu kompaniya tomonidan o‘rnatilgan zamonaviy texnik uskunalardan yurtimizdagi bir nechta nashriyot matbaa ijodiy uylarida foydalanilmoqda. Kelgusida nashr qilish va matbaachilikni rivojlantirishda hamkorlikni yanada mustahamlashdan manfaatdormiz, — deydi L.Tangriyev.

Dunyoning bir nechta davlatlarida o‘zlarning xizmat ko‘rsatish ofislariga ega Myuller Martini MChJ menejeri G.Samoylov kompaniya haqida yanada batafsil ma’lumotlarni taqdim etar ekan, O‘zMAA vakillarini Frankfurtda o‘tkaziladigan xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida bevosita zavodning o‘ziga borib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishga taklif qildi.

— Biz zamonaviy texnik uskunalarni nafaqat o‘rnatamiz, balki mahalliy mutaxassislarni qisqa kurslarda o‘qitish bilan ham shug‘ullanamiz, — deydi G.Samoylov.

— Shuningdek, nashriyot ishida foydalaniladigan mashinalar uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berishda ham hamkorlikka tayyormiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi