Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh vazir Tereza Mey Bryusseldagi muzokaralarda Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari yuzasidan bildirgan takliflari — boshqacha aytganda “Chekers rejasi” — Britaniyani Yevropa Ittifoqiga qaram qilib qo‘yadi, ulardan voz kechish lozim. Bu haqda Britaniya TIV sobiq rahbari va Brexit’ning eng mashhur tarafdorlaridan biri Boris Jonson ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Bosh vazir Mey rejasini amalga oshirish Londonning Bryussel bilan kelishuv imzolashga majbur bo‘lishiga olib kelishini ma’lum qildi, bu esa Britaniyaning dunyoning boshqa mamlakatlari bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzolash imkoniyatlarini cheklaydi.

Jonson partiyadoshlarini Mey takliflaridan voz kechib, Yevropa Ittifoqidan chiqishning “qat’iy” variantini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov