Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati Romitan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Ushbu tadbir davomida tuman hududida Buxoro shahar Qizilqum ko‘chada yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan S.O. nazorat tariqasida marixuana giyohvandlik vositasini sotib olish uchun yuborilgan fuqaro K.Yu.ga qora rangli polimer paketga o‘rab joylashtirilgan, umumiy vazni 13,61 grammga teng bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 1 800 000 so‘m naqd pul evaziga sotganligi aniqlanganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Surishtiruv davomida O.S. jinoiy sheriklari ham borligi aniqlandi. Jumladan, bu borada o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida Jondor tumanida yashovchi R.Saidov, 2018-yil 24-sentabr kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Buxoro shahrida yashovchi, U.Sadilloyevga 2 100 000 so‘m evaziga jami 7 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga alohida-alohida qadoqlab solingan holdagi sof vazni 23,42 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi tarkibida tetragidrokanabinol bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotganligi, o‘z navbatida U.Sadilloyev esa Buxoro shahrida yashovchi N.Bo‘riyev bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shu kuni soat 11:30larda ushbu giyohvandlik moddalarini O.S.ga 3 000 000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-modddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish) 5-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yuqorida nomlari keltirilgan shaxslar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)