Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 1-sentabrdan boshlab xavfsizlik kamari taqilmagani, telefonda gaplashganlik, yotiq chiziqlarni bosganlik, piyodalarga yo‘l bermaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganlik, mashinani qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab boshqarish va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlagan. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturida ma’lum qilingan.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xodimi Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilishicha, qoidabuzarliklar kamera tomonidan avtomatik tarzda emas, balki uni kuzatib o‘tirgan operator-xodim tomonidan qayd etiladi. “Videokuzatuv kameralar o‘rnatilgan chorrahalarda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilarga keskin choralar ko‘rish boshlab yuborilgan”, — dedi YHXB matbuot xizmati vakili.

2017-yilning 15-martida Toshkentning 115 tasi chorrahasiga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va ruxsat etilgan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini qayd etishni boshlagan edi. Shahar IIBB YHXB “Kompyuter markazi” bo‘lim boshlig‘i 2017 yil martida bergan intervyusida “uch-to‘rt oydan so‘ng” telefondan foydalangan va kamar taqmagan haydovchilarga ham jarima yozishni boshlashini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?