Internet tarmog‘ida BMW iNEXT konseptual elektr krossoverining tashqi ko‘rinishi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Motor”. Mashina kelajak transportini namoyish qilishga mo‘ljallangan.
Ishlab chiqarilishi 2021-yilga mo‘ljallangan iNEXT talqini beshinchi avlod BMW’ning iX3 dan keyingi elektrlashtirilgan avtomobili bo‘ladi. BMW direktorlar kengashi raisi Xarald Kryugerning so‘zlariga ko‘ra, modelda kelajakning barcha asosiy texnologiyalari birlashadi: elektr dvigatel, doimiy internet aloqasi va mustaqil boshqaruv imkoniyati.
Izoh (0)